19 Aprel 2024 yil
286
Viloyat IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli
Bugun Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov fuqarolarni qabul qildi. Qabulda turi masalalar bilan kelgan 19 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi. Murojaatlar asosini ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan tergov va surishtiruv bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi. Qabulda har bir murojaat muallifiga murojaati mazmunidan kelib chiqib huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, ularning murojaatlarini joyida hal qilish borasida ma’sul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.