Viloyat IIBda IIV Akademiyasi “Tashkiliy-strategik boshqaruv” magistraturasiga o‘qishga kirgan bir guruh xodimlarni kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov
ichki ishlar organlarida sabot bilan xizmat qilish kasb sohibidan katta
mas’uliyat va mashaqqatni talab etishini, o‘z ustida ishlab, o‘qib, bilim va
tajribasini oshirib borgan har qanday xodim tizim uchun malakali mutaxassis bo‘lib
yetishishini ta’kidladi.
Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zavqiddin
Xo‘janov IIV Akademiyasi “Tashkiliy-strategik boshqaruv” magistraturasining
1-darajadagi, tashkiliy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Farrux
Abrayev, Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Obid
Yo‘ldoshev, YHXB xodimi, mayor Farxod Umarovlar
2-darajadagi bo‘limiga o‘qishga kirgani shaxsiy tarkibga
e’lon qilindi.
IIV Akademiyasi “Tashkiliy-strategik boshqaruv”
magistraturasi tinglovchilarining ichki ishlar organlaridagi uzoq yillik
samarali xizmati e’tirof etilib, kelgusi xizmatlarida omad tilagan holda
yelkasiga to‘n yopilib, kuzatildi.