Viloyat IIBda arzonlashtirilgan bayram yarmarkasi
Ichki ishlar organlari xodimlari Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashi uchun Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi. Qashqadaryolik tadbirkorlar tomonidan 20 turdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, un, shakar, tuxum hamda sarxil meva-sabzovotlar arzon narxlarda savdoga qo‘yildi. Boshqarma hovlisida tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasida ichki ishlar organlari xodimlari xizmatdan ajralmagan holda bu yerdan o‘zlari uchun zarur mahulotlarni maqbul naxrlarda sotib olishdi. O‘z navbatida bu xodimlarning ham vaqtini, ham zaruriy mahsulotlarni xarid qilish imkonini berdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning tarkibidagi boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha xodimlar yarmarkadan bayram dasturxoni uchun zarur mashulotlarni naqd pul va plastik kartalar orqali xarid qilishdi.