27 Dekabr 2023 yil 400

Viloyat iibda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi

Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari xodimlari uchun arzonlashtirilgan bayram yarmarkasi tashkil etildi.

 Qashqadaryolik tadbirkorlar tomonidan 20 turdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, un, shakar, tuxum hamda sarxil meva-sabzovotlar va quruq mevalar arzon narxlarda savdoga qo‘yildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning tarkibidagi boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha xodimlar ham mablag‘ini, ham vaqtini tejab yarmarkadan bayram dasturxoni uchun zarur mashulotlarni naqd pul va plastik kartalar orqali sotib oldilar.

Yarmarka barchaga manzur bo‘ldi.

Text to speech