1 Fevral 2024 yil 380

Viloyat IIB jamoasi g‘olib

Qashqadaryo viloyati IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlari xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqaning dastlabki bosqichi hududlarda shahar-tuman IIBlararo  tashkil etildi.

Hududiy bosqichda peshqadam bo‘lgan jamoalar Qarshi davlat universiteti o‘yingohida o‘zaro g‘oliblik uchun tup surishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada viloyat IIB jamoasi g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Yakkabog‘ tuman IIB va G‘uzor tuman IIB futbolchilari band etishdi.

Shuningdek, musobaqada “Eng yaxshi hujumchi” va “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyalari g‘oliblari ham aniqlanib, rag‘batlantirildi.

G‘oliblar boshqarma rahbariyatining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech