26 Fevral 2024 yil 280

Viloyat IIB TQX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik N.Safarov Qarshi tumani “Mustaqillik” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi

Viloyat IIB TQX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik N.Safarov Qarshi tumani Mustaqillik mahallasida yettilik bilan belgilangan tartibda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muammolarini o‘rganish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish, fan va sport to‘garaklariga jalb etish borasida o‘rganishlar olib bordi.

Mahalladagi 6-maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlanishi uchun darsdan so‘ng 8 ta fan  bo‘yicha maktab to‘garaklarini tashkil etish borasida maktab direktori va o‘qituvchilari bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maktab o‘quvchilariga jinoyat va huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari xususida tushuncha berilib, qonunbuzarliklarga qo‘l urmaslik borasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech