Viloyat IIB rahbariyati tomonidan boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy va maishiy muammolari tinglanib, yechimi topilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Tal’at Mamatkulov ichki ishlar organlarida
xizmat qilayotgan bir guruh xodimlar bilan qabul o‘tkazdi.
Jismoniy
va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy
huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari
bilan bog‘liq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan qabulda
tizimning tergov, ichki ishlar organlariga ishga qayta tiklash masalalari yuzasidan
murojaatlar eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Kelib
tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish
uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga
hal etish topshirig‘i berildi.
Muloqot
davomida o‘rganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi
nazaridan soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.