24 Fevral 2024 yil 306

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov G‘uzor tumanidagi “Sovlig‘or” mahallasida bo‘lib, uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlatimiz raxbari tomonidan 2024 yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi.

Davlat rahbari topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov G‘uzor tumanidagi “Sovlig‘or” mahallasida bo‘lib, uyushmagan yoshlar bilan urashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarni bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida atroflicha muloqot qildi.

So‘ngra, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mahalladagi otaliqqa olingan 10-64 maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi va o‘quvchilarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Text to speech