19 Yanvar 2024 yil 710

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik Isroil Ximmatov Chiroqchi tuman IIBda hisobot yig‘ilishida ishtirok etdi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik I.I.Ximmatov raisligida Chiroqchi tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan  birga, o‘tgan 2023 yilning 12 oyi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyat barqarorligi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar shuningdek shaxsiy tarkib o‘rtasida  xizmat va ijrochilik intizomiga amal qilish hamda 2024 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo’lib o‘tdi.  Yakunda 2023 yil 12 oyi davomida yuksak kasb mahoratini namoyish etgan, xamkasblariga shaxsiy na’muna ko‘rsatgan hamda xizmat hududlarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi ko‘rashishda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan profilaktika inspektorlari leytenant Xushvaqtov Sherzod Shavkat o‘g‘li, leytenant Bo‘riyev Shoxboz Yo‘ldoshevich, katta leytenant Toshqulov G‘iyosiddin Maxmaddali o‘g‘lilarga  viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va tuman IIB boshlig‘i tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Text to speech