Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov Nishon tumanida xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov Nishon tumanida xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Tumanning “qizil” toifadagi Yuksalish, Nuriston, Baynalminal mahallalarida bo‘lib, yettilikning jinoyatlarni oldini olish borasidagi faoliyati tahlil etildi.
Mas’ullarga qonunbuzarliklarga barham berishda ta’sirchan, manzilli tadbirlarni ham amalga oshirish, o‘rnatilgan videokameralardan samarali foydalanish va fuqarolar gavjum to‘planadigan joylarga yangilarini o‘rnatish topshig‘i berildi.
Mahallada ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish, bunda asosiy e’tiborni ishsiz xotin-qizlar, yoshlar, probatsiya hisobidagi shaxslar bilan muntazam ish olib borish hamda manzilli ishlarni amalga oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” asosida faoliyat ko‘rsatish lozimligi haqida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
“Qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatlarning oldini olish uchun mahallalar kesimida qator profilaktik ishlarni amalga oshirish, huquq-tartibot organlari va keng jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish maqsadida profilaktik tadbirlarni tasdiqlangan yo‘l xaritasida asosida olib borish hamda “Namunali xavfsiz ko‘cha”, va “Namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.