Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aralovul mahallasi yoshlari bilan uchrashdi
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning
muammolarini o‘rganib, hal etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu borada Qashqadaryo viloyatida ham tasdiqlangan “Yo‘l xarita” hamda “Dastur”
doirasida bir qator tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, yaqinda Qarshi davlat universitetida Qarshi shahar “Aralovul”
mahallasida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lami keng tadbirda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov so‘zga chiqdi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda har bir yoshlar bilan
individual ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolari tinglanib yechimini topish choralari
ko‘rildi.
So‘ngra, biriktirilgan ma’sullar, mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda
Qarshi davlat universiteti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida tahsil
olayotgan aralovullik talaba-yoshlardan iborat jami 250 nafardan ortiq yoshlar
bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularni
“jinoyat ko‘cha”siga kirib qolishlarini oldini olishga qaratilgan ogohlikka
chorlovchi maxsus videorolik namoyish etildi.
Ochiq muloqot tarzida davom etgan tadbir oliy ta’lim muassasalarining
talaba yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javoblar olishdi.
Uchrashuvda yoshlarning bir nafariga O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligini tasdiqlovchi ID-karta, 2 nafari xotin-qizlarga esa o‘zini o‘zi
band qilishi uchun tikuv mashinasi berildi.
Yakunda yoshlar o‘rtasida alohida tashabbus ko‘rsatgan va tengdoshlariga namuna bo‘lgan 5 nafar talabalarga “Kitob – eng yaqin do‘sting” shiori ostida kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.