Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari “Qarshi shahar “qizil” toifadagi Eski Anhor mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi
Dastlab, viloyat IIB
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov mahalla yettiligi
bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarnining barvaqt oldini
olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan mahallada tasdiqlangan yo‘l xaritasi
ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etdi.
So‘ngra, mahallada jinoyatlarni
oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish va bu borada amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar ta’sirchanligini oshirish borasida yettilikka yo‘riqnoma
va tushunchalar berildi.
Jarayonda aholi gavjum
to‘planadigan joylar, ta’lim muassasalari, ko‘chalar, shuningdek jinoyat sodir
etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan maskanlarni kameralashtirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi.