Viloyat IIB boshlig‘i huzurida Qarshi shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar hamda Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari hamda bo‘linma boshliqlari, profilaktika inspektorlari ishtirok etgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash, davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarori ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil etdi.
Har ikkala
tumanlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni
erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga
oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Ichki ishlar
organlari xodimlari hamkor xizmatlar bilan birga huquq-tartibotni
mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng
jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, korxona va tashkilotlarning
mahalla yettiligi bilan hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Ushbu
jarayonda “fuqarobay”, “xonadonbay” va “mahallabay” ishlarni
jadallashtirish, fuqarolarnining kundalik va maishiy muammolarini aniqlab,
tezda bartaraf etish, asosiy e’tiborni fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan
muammolarga qaratish, aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt
aniqlash va ushbu muammolarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish
bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilar e’tiboriga
yetkazildi.
Yakunda Qarshi
shahar IIO FMB va viloyatdan biriktirilgan mas’ul rahbar oldiga xizmat davomida
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, PQ-1-sonli qaror bo‘yicha
ishlarni jadallashtirish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
vazifalar belgilab berilib, mas’uliyati oshirildi.
Yig‘ilishda
viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokchilarga
kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar turlari, soxta ilovalar va ulardan
saqlanish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari borasida
atroflicha tushunchalar berdi.