1 Fevral 2025 yil 607

Viloyat IIB boshlig‘i huzurida yoshlarga murabbiy etib biriktirilgan xodimlar faoliyati samaradorligi tahlil etildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida yoshlarga murabbiy etib biriktirilgan xodimlar faoliyati samaradorligi, erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov, boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i va shaxsiy tarkibi, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, faxriylar kengashi, murabbiylar va yoshlar ishtirok etishdi.

O‘tgan yilda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yosh xodimlar tomonidan zimmasidagi vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirish, biriktirilgan xodimga ish tajriba va kasb sir-asrorlarini o‘rgatish, xizmatga amaliy moslashishi, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish, burchga mas’uliyat

va tashabbuskorlik bilan munosabatda bo‘lish borasida murabbiylar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Jarayonda xodimning oilaviy sharoiti, oila a’zolari va yaqinlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, ichki ishlar organlari xizmatiga kirishib ketishiga ko‘maklashish, vujudga kelgan muammolarni qonuniy hal etish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishda shaxsiy namuna ko‘rsatish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini, kasbiy qobiliyatini, xizmatga munosabatini muntazam ravishda kuzatib, o‘rganib borish, dastlabki sinov muddati natijalari yuzasidan tegishli sohaviy xizmat boshlig‘i bilan birgalikda mukofotlash yoki jazolash to‘g‘risida taklif kiritib, yakunda tavsiyanoma berish borasidagi holatlarga ham e’tibor qaratildi.

Murabbiyga biriktirilgan yosh xodimlar ham lavozimga kirish rejasida belgilangan vazifalarni bajarish, amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida murabbiyga va sohaviy xizmat boshlig‘iga hisobot berish, murabbiyning qonuniy ko‘rsatma va topshiriqlarini bajarish, murabbiy va hamkasblarining ijobiy hamda kasbiy ish tajribalarini o‘zlashtirishga va doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, xizmat faoliyatini hamda huquq va majburiyatlari, shuningdek vazifalarini belgilovchi sohaviy xizmat bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning talablari, belgilangan xizmat kiyim-boshni kiyib yurish qoidalari, ichki xizmat tartibiga rioya qilish masalalari ham muhokama etildi.

  Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov o‘tgan yilda viloyatda ichki ishlar organlaridagi murabbiylar va yoshlar xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikka rioya etish, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarni yanada jadallashtirib, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala bo‘lish xislatlarini yanada yuksaltirish, faoliyat davomida tamagirlik va korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish borasida murabbiylar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi.

    Kengaytirilgan yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech