Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov Kitob tumanining “qizil” toifadagi “Paxtaobod” mahallasida o‘rganishlar olib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarnining barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan Kitob tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarda tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish va amaliy yordam berish maqsadida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari o‘rganishlar olib bordi.
Tumandagi “qizil” toifadagi
“Paxtaobod” mahallasida joylashgan huquq-tartibot maskanida sektor rahbarlari
va mahalla yettiligi bilan xavfsiz muhitni yaratish, fuqarolar bandligini
ta’minlash orqali jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish va
bu borada chora-tadbirlar ta’sirchanligini oshirish, “Yo‘l xaritasi”dagi
ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli tushunchalar
berdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Kitob bo‘limi tomonidan qo‘riqlovga olinayotgan aholi xonadonlarini Texnik qo‘riqlash punktiga ulanish ahvoli, ishchi holati hamda “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ko‘chalar, do‘konlarni kameralashtirish ishlari o‘rganildi.