6 Fevral 2025 yil 389

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Kitob tumanidagi “qizil” toifadagi “Paxtaobod” mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi

Dastlab, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov mahalla yettiligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarnining barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan mahallada tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etdi. So‘ngra, mahallada jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ta’sirchanligini oshirish borasida yettilikka yo‘riqnoma va  tushunchalar berildi. Jarayonda aholi gavjum to‘planadigan joylar, bozor, ta’lim muassasalari, ko‘chalar, shuningdek jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan maskanlarni kameralashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech