7 Fevral 2025 yil 500

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Shahrisabz tumanining “qizil” toifadagi “Loliston” mahallasida o‘rganishlar olib bordi

Dastlab, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov mahallada yettiligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarnining barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan mahallada tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. 

So‘ngra, mahallada amalga oshirilayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish orqali ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolar bandligini ta’minlash orqali jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish va bu borada chora-tadbirlar ta’sirchanligini oshirish, “yo‘l xaritasida”gi ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash borasida machs’ullarga tegishli   tushunchalar berdi.

Jarayonda aholi gavjum to‘planadigan joylar, bozor, ta’lim muassasalari, ko‘chalar, shuningdek jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan maskanlarni kameralashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, yana o‘rnatish topshirig‘i berildi.

Yakunda mahalladagi obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech