7 Fevral 2025 yil 247

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Mirishkor tumanida o‘rganishlar olib bordi

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Mirishkor tumanida o‘rganishlar olib bordi.
Jumladan, tumanning “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, davlat rahbarining joriy yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni jilovlashning ustuvor yo‘nalishlari borasida yettilikka tushunchalar berdi.
O‘rganishlar davomida ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda qonunbuzarliklarga barham berish bilan birga ta’sirchan, manzilli tadbirlarni ham amalga oshirish, “Namunali xavfsiz ko‘cha”, va “Namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, o‘rnatilgan videokameralardan samarali foydalanish va fuqarolar gavjum to‘planadigan joylarga yangilarini o‘rnatish hamda vaziyatni nazorat qilish topshig‘i berildi.
Mahallada ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish, bunda asosiy e’tiborni ishsiz xotin-qizlar, yoshlar, probatsiya hisobidagi shaxslar bilan muntazam ish olib borish hamda xorijda ishlayotgan fuqarolar bilan manzilli ishlarni amalga oshirishda “yo‘l xaritasi” asosida faoliyat ko‘rsatish lozimligi haqida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech