Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Markaziy bankda “Kiberjinoyatlarni oldini olish, fosh etishda banklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tezkor chora-tadbirlar” mavzusida yig‘ilish o‘tkazdi.
Qashqadaryo viloyati Markaziy bankida “Kiberjinoyatlarni fosh etishda banklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tezkor chora-tadbirlar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi hamda barcha bank rahbarlari, xodimlari ishtirok etdi.
Unda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov viloyatda kiberjinoyatlar bilan bog‘liq kriminogen vaziyat, tijorat banklari tomonidan bank mijozlari bilan ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni tufayli kiberjinoyatlar soni doimiy ravishda oshib borayotganligini tanqidiy tahlil etdi.
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish faqatgina huquni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo‘lib qolmasdan, bu borada tijorat banklarining mutasaddilari ham mas’ul ekanligini ta’kidladi.
Xususan bank plastik kartasidan pul mablag‘lari yechilgan fuqarolar biinchi bankka murojaat qilganda mutaxassislar tomonidan pul o‘tkazish sabablari o‘rganilmasdan ichki ishlar organlarining 102 xizmatiga murojaat qilish taklifini berishlari, shuningdek fuqarolar telefon qurilmasida mavjud zararli dastur (virus)ni o‘z vaqtida bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik holatlari, jabrlangan fuqarolar bank plastik kartalarini almashtirish yoki eski bank kartasini bloklash uchun borishganida ayrim bank xodimlari tomonidan “SMS xabarnomani o‘chirib yoqing, kartani almashtirish shart emas” degan o‘rinsiz maslahatlari tufayli fuqarolardan yana pul mablag‘lari yechilish holatlari kuzatilganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Banklarda plastik kartalar bilan ishlovchi bo‘limlar tomonidan fuqarolarning nomlariga rasmiylashtirilayotgan 3 tadan ortiq bir xil turdagi kartalarni nima uchun rasmiylashtirayotganligi sabablari o‘rganilmasdan, keyinchalik mazkur kartalarni internet ijtimoiy tarmoqlarida sotish orqali kiberfiribgarlar tomonidan o‘zlashtirilayotgan pullar ushbu kartalar orqali chet davlatlarga chiqib ketish holatlari tanqid qilindi.
Tadbirda bu kabi holatlarni bartaraf etish uchun banklarda aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish, plastik kartalarni fuqaroga topshirishda kiberfiribgarlar va ularning usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berish taklifi va topshirig‘i berildi.
Kiberjinoyatni oldini olish borasidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.