Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Mamatqulov Talat o‘ziga biriktirilgan ijtimoiy ro‘yxatda turuvchi oilalarda xonadonma-xonadon yurib, o‘rganishlar olib bordi
Prezidentimizning 2024-yil
23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini
oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Qaror ijrosini ta’minlash, og‘ir
toifadagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, mavjud muammolarini bartaraf
etish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik
Talat Mamatqulov G‘uzor tumanidagi “Sovlig‘or” va “Jonbuloq” mahallalarida
o‘rganishlar olib bordi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
tomonidan ijtimoiy himoya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, imtiyozli
kreditlar olib berish, kasbga o‘qitish borasida mas’ullar biriktirildi manzilli
choralar belgilandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.