Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Farrux Tairov Yakkabog‘ tumanida o‘rganishlar olib bordi
“Qizil” toifadagi Mustaqillik mahallasida bo‘lgan boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Farrux Tairov, Yakkabog‘ tuman IIB boshlig‘i
podpolkovnik Shuhrat Choriyev va mahalla yettiligi ishtirokida bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishda hududda kriminogen vaziyatning holati, sodir etilgan jinoyatlarni
atroflicha muhokama etdi.
Mahallada barqarorlikni ta’minlash, jinoyatchilikni erta
aniqlab oldini olish, sodir
etilganlarini fosh etish, jinoyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan
shart-sharoitlar va omillarni birma-bir tahlil etildi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda mahallada sodir etilgan
qonunbuzarliklar ochiq tahlil etilib, aholi muammolarini o‘rganish va yechim
topish, fuqarolarni bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, notinch
oilalardagi vaziyatni o‘rganib, muammolarini hal etish, muqaddam sudlanganlar va yoshlarni ish bilan
ta’minlash borasida yettilik amalga oshirgan ishlarni yanada jadallashtirish
lozimligi qayd etildi.
Mustaqillik mahallasi yettiligi bilan kelgusida “qizil”
toifadan “yashil”ga o‘tish uchun
“fuqarobay”, “mahallabay”, 2xonadonbay” ishlarni jonlantirish,
qonunbuzarliklarni oldini olish borasida “Ijtimoiy profilaktika” tizimining ish
samaradorligini oshirish, jamoatchilik kuchidan samarali foydalanish, tungi
vaqtlarda nazorat kuchaytirish, bozorlar, aholi gavjum to‘planadigan joylarga
videokuzatuv moslamalari o‘rnatish borasida mutasaddilarga tegishli tavsiya va
topshiriqlar berildi.
Faoliyat davomida yoshlar va ayollarning muammolarini
aniqlash va hal etish, ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla yettiligi
va sektor ishchi guruhiga yo‘riqnomalar
berdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda