19 Oktyabr 2024 yil 724

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni xodimlariga yo‘riqnoma o‘tildi



Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, podpolkovniklar Rustamjon Do‘stmaov hamda Tal’at Mamatkulovlar boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida turli favqulodda holatlarni oldini olish va xizmat davomida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish yuzasidan xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tishdi.
Batalon rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etgan tadbirda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, kodeks talablarini so‘zsiz bajarish, korrupsion jinoyatlarni oldini olish, avtomashinani hujjatsiz boshqarmaslik, yo‘l-transport hodisasi sodir etilishini oldini olish pirovardida xalq manfaatlariga xizmat qilishni ustuvor bilish bugungi kun talabi ekanligi uqtirildi.
Bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

Text to speech