19 Fevral 2024 yil 443

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz tumanidagi “Mevazor mahallasida kriminogen vaziyatni tanqidiy –tahlil etdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Farrux Tairov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Alisher Jo‘rayev va mahalla yettiligi ishtirokida “qizil” toifadagi mahallada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikni erta aniqlab  oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jinoyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar va omillar tanqidiy-tahlil etildi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda mahallada sodir etilgan qonunbuzarliklar ochiq tahlil etilib, aholi muammolarini o‘rganish va yechim topish, fuqarolarni bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, notinch oilalardagi vaziyatni o‘rganib, muammolarini hal etish,  muqaddam sudlanganlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida yettilik amalga oshirgan ishlar muhokama etildi.

“Mevazor” mahallasi yettiligi bilan kelgusida “qizil” toifadan  “yashil”ga o‘tish uchun “Ijtimoiy profilaktika” tizimining ish samaradorligini oshirish, “fuqarobay”, “mahallabay” ishlarni jonlantirish, qonunbuzarliklarni oldini olish borasida jamoatchilik kuchidan samarali foydalanish, ichki ishlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan tungi vaqtlarda nazorat yanada kuchaytirish, fuqarolar gavjum to‘planadigan joylarga videokuzatuv moslamalariga oid tavsiya va topshiriqlar berildi.

Fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va ayollarning muammolarini aniqlash va hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalar yettiligiga yo‘riqnomalar berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech