27 Yanvar 2025 yil 492

Viloyat ishchi guruhining Koson tumanida kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasida yurtboshimiz qarorining mazmun-mohiyatini mutasaddi mas’ullar va mahallalr yettiliklariga tushuntirish, jinoyatlarni oldini olish yo‘nalishida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Respublika vakilllari va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov  boshchiligidagi ishchi guruh Koson tumanida sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari mutassadilari, kommunal sohalar, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish bo‘limlari hamda barcha mahallalar yettiligi va boshqa aloqador tashkilotlar vakillariga Prezident qarorining ijrosini ta’minlash, kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish vazifalarining ijrosi tahlil etildi.

Davlat rahbarining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlashda mas’ullar va mahallalar yettiligiga qaror asosida ishni tashkil etish, faoliyat davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ta’sirchan, manzilli targ‘ibot ishlarini bajarish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish, bunda asosiy e’tiborni ishsiz fuqarolar, xotin-qizlar, yoshlar shuningdek probatsiya hisobidagi shaxslar bilan muntazam ish olib borish vazifalari mas’ullarga yuklatildi.

Tadbirlarda ma’sullarga huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartib yaratish, qaror ijrosiga qaratilgan “yo‘l xaritalari”ning to‘laqonli ijro etilishini ta’minlash hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda “Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, videokameralar o‘rnatish hamda vaziyatni nazorat qilish uchun profilaktika inspektori va ichki ishlar boshqarmasi vaziyatlar markaziga integratsiya qilish choralarini ko‘rish topshig‘i berildi.

Text to speech