2 Dekabr 2021 yil 576

Viloyat iib jаmoаsi gʼoliblаr sаfidа

Qarshi shahridagi Yoshlar markazida Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining qabul qilinganligini 29 yilligi munsabati bilan “Konstituttsiya bilimdoni” shiori ostida viloyat harbiy tuzilmalarining harbiy xizmatchilari oʼrtasida “Zakovat” intelektual oʼyini tashkil etildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari va harbiy xizmatchilarning “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrugining “Аdolat jamoasi”, Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasining “Huquq posbonlari”, IIV qorovul qoʼshinlariga qarashli 7533-harbiy qismning “Qalqon”, DXX Chegara qoʼshinlariga qarashli 9205-harbiy qismning “Sarhad”, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi “Yangi Oʼzbekiston”, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Najotkorlar” jamoalari ishtirok etdi.
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism, Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrugi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targʼib etish shu orqali yoshlarni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qartilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini taʼminlashning ustuvor vazifalarini ochib berishga eʼtibor qaratildi.
“Zakovat” intelektual oʼyini yakuniy natijalariga koʼra, “Аdolat jamoasi” gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni Qashqadaryo viloyat IIBning “Huquq posbonlari” va Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi “Yangi Oʼzbekiston” jamoasi qoʼlga kiritdi.
Gʼoliblar Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi.

Text to speech