30 Dekabr 2022 yil 245

Viloyat IIB rahbariyatining sayyor qabuli o‘tkazildi

Inson qadri va uning haq-huquqlari ustuvor qadriyatga ko‘tarilgan yurtimizda fuqarolarni kundalik muammolarini “mahallabay” va “fuqarobay” tizim asosida birma-bir o‘rganish, bu borada aniqlangan yumushlarni manzilli ravishda amalga oshirish ishlarini jadallashtirish, “Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarlarga kiritilgan nogiron, boquvchisini yo‘qotgan insonlarning holidan xabar olish borasida Qashqadaryo viloyatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat 3-sektor rahbariyati tomonidan bu borada bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Shahrisabz tuman Pedagogika kollejida o‘tkazgan sayyor qabulida ko‘plab muammolar muhokama qilinib, yechimini topish choralari ko‘rildi. Sayyor qabulda 3-sektorga qarashli mahallalarda yashovchi bir guruh fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar - elektr ta’minoti, yo‘l qurilishi, tibbiy xizmatlar borasidagi va boshqa turli masalalar yuzasidan 22 ta murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning 8 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan 14 ta murojaatlar esa o‘rganish uchun vaqt talab etgani bois aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda har bir murojaat ish yurituviga qabul qilinib, tumandagi sektor rahbarlariga va tegishli idoralar mas’ullariga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech