1 Mart 2021 yil 542

Viloyat IIB boshligʼi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev boshqarma Qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi. Turli muammolar bilan qabulga kelgan 19 nafar fuqarolardan 6 tasining muammolari joyida hal etildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 13 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Qabulga Chiroqchi tumanidan tashrif buyurgan fuqaro S.X. qizi D.Z. koʼyovi S.А. bilan janjallashib qolgani va hanuzgacha qonuniy toʼxtamga kelinmayotganini bayon etdi. Holat yuzasidan boshqarma boshligʼi huzurida tuman IIO FMB rahbariyati, tergov boʼlimi va profilaktika inspektori va jabrlanuvchi D.Z. va uning onasi ishtirokida jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit atroflicha muhokama etildi. Muhokama natijasiga koʼra, mazkur jinoyat ishi qonuniy toʼxtamga kelish uchun sudga yuboriladigan boʼldi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech