25 Fevral 2021 yil 864

VIKTIMOLOGIK PROFILАKTIKА SАMАRА BERАDI

Yurtimizda osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish maqsadida vohamizda keng qamrovli “Tozalash-antiterror” profilaktik tadbiri oʼtkazilmoqda. Rejaga koʼra, joylarda keng jamoatchilik vakillari, fuqarolar bilan oʼtkazilayotgan profilaktik tadbirlarda tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari bilan mol-mulklari daxlsizligini taʼminlash, qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida bino va ishlab chiqarish maskanlariga video kameralar oʼrnatish tushuntirilmoqda. Bu kabi saʼy-harakatlar natijasida Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant B. Xolmurodov tashabbusi bilan “Nuriston” MFY hududida joylashgan tadbirkorlik obʼektilarida videokuzatuv moslamasi oʼrnatilib, viktimologik profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech