Videokameradan olingan tasvirlar viloyat IIB EKBning biometrik identifikatsiya tizimida tekshirib koʼrilgandan keyin jinoyat fosh bo'ldi
Koson tumani Jizzalik MFYda yashovchi А. А. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs 2021 yil 14 noyabr kuni Koson tumani “Koʼhna qalʼa” savdo majmuasidagi savdo doʼkonida savdo ishlari bilan shugʼullanayotganida, nomaʼlum shaxs unga tegishli boʼlgan ayollar sumkasini va uning ichidagi 100 АQSh dollari, 225.000 soʼm puli hamda Saudiya Аrabistonidan olib kelingan qimmatbaxo terisini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Hodisa joyida oʼrnatilgan videokameradan olingan tasvirlar viloyat IIB EKBning biometrik identifikatsiya tizimida tekshirib koʼrilganda mazkur jinoyatni Qarshi shahar “Tabassum” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan ayol R.R. sodir etilganligi aniqlandi. Undan jabrlanuvchiga tegishli narsalar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.
2021 yil 04 dekabrь kuni mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.