24 Avgust 2022 yil 260

Velosipedlar o‘g‘risi ushlandi

Qarshi tumani “Mevazor” MFYda yashovchi uy bekasi Z.G. Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, 2022 yil 16 avgust kuniga o‘tar kechasi yashash uyi pastki yo‘lagidan o‘g‘liga tegishli 1 dona bozor bahosi 1.400.000 so‘mlik “MTV 26 euro bike” yozuvli velosipedini noma’lum shaxs yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, jabrlanuvchi bilan qo‘shni bo‘lib yashovchi uy bekasi Sh.F.ning ham o‘g‘liga tegishli 1 dona bozor bahosi 1.600.000 so‘mlik “Chalenger” yozuvli velosipedini noma’lum shaxs yashirin ravishda o‘g‘irlangan.

Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida o‘g‘rilikni G‘uzor tumani “Qovchin” MFYda yashovchi B.F. sodir etganligi aniqlanib, undan 2 dona velosipedlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ayni kezlarda holat yuzasidan Qarshi tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech