15 Dekabr 2022 yil
545
Velosiped shaydosi
Birrovga aloqa tarmog‘iga kirib chiqish uchun velosipedini ko‘chada qarovsiz qoldirgan Qarshi shahar “Mahallot” MFYda yashovchi O.X. qo‘ygan joyidan ulovini topolmadi. Natijada bu haqda Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga ariza bilan murojaat etdi.
Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB va boshqarma PPX bataloni xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv xarakatlari davomida mazkur jinoyatni shaharning “Cho‘lquvar” MFYda yashovchi Q.B. sodir etganligi aniqlanib, undan “Belarus” rusumli velosiped hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan ayni kunlarda Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.