14 Iyul 2023 yil 223

Velosiped “shaydosi”

Ertalab uyg‘ongan G‘uzor tumani “Tinchlik” MFYda yashovchi uy bekasi  T. A. hovlisida turgan velosipedini topolmadi. So‘ngra, bu haqda  G‘uzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan G‘uzor tuman IIB xodimlari velosipedni  tumanni “Guliston” MFYda yashovchi A.O. sodir etgani aniqlashdi.

Surishtiruvlar davomida A.O. mahalladoshlarii B.A. va M.A.ning hamda tumanning “Navro‘z” MFYda yashovchi N.D,ning, “Buyuk karvon yo‘li” MFYda yashovchi R.K.ning ham velosipedlarini o‘g‘irlaganligi aniqlanib, undan fuqarolarning velosipedlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

G‘uzor tumani IIB huzuridagi TG tomonidan A. O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  169-moddasi 3-qismi  “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech