Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimov IIV Qorovul qo‘shinilariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismga tashrif buyurdi.
Vazir o‘rinbosari dastlab, harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan saf ko‘rigi o‘tkazdi. So‘ngra, harbiy va muddatli xizmatchilar bilan jangovar shaylik va xizmat intizomiga rioya etish, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Harbiy qismda amalga oshirilayotgan qurishish va bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif yakunida harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyat va qulayliklarni yanada takomillashtirish borasida harbiy qism mas’ullariga taklif va tavsiyalar berdi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: