28 Fevral 2023 yil 196

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, oziq-ovqat ta’minoti borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarning kriminogen vaziyatiga ta’sir etuvchi boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasida o‘rganishlar olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qarshi shahar ishga marhamat “Monomarkaz”da bo‘ldi. Markazda hunar o‘rganish uchun ta’lim olayotgan yoshlar va fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Vazir o‘rinbosari Monomarkaz rahbariyatiga fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida tegishli tavsiya va takliflarni berdi.  

Shu kuni Qarshi shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, muolaja, shifokorlar xonalari va dorixonani ko‘zdan kechirib, bemorlarga berilayotgan dori-darmonlar ro‘yxatini o‘rgandi.

Qolaversa Qarshi shahridagi “Eski anhor” mahallasi faoliyati o‘rganilib, undagi “beshlik” faoliyati bilan yaqindan tanishildi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Jarayonda aholi muammolariga yechim topish, ularni ish bilan ta’minlash, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirib jinoyatchiliknj oldini olish borasida tavsiyalar berildi.

Voha markazidagi yirik markaziy dehqon bozori “Yerqo‘rg‘on”da bo‘lib, bunda sotuvchilar bilan suhbat jarayonida savdo, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, ayniqsa, narx-navoni sun’iy oshirib yubormaslik bo‘yicha bozor ma’muriyatiga tavsiyalar berdi.

Shuningdek, kundalik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zahirasini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yaqindan o‘rganilib, ehtiyoj mollarining qo‘shimcha zahirasini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Vazir o‘rinbosarining o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech