13 Fevral 2024 yil 499

Vazir o‘rinbosarining Qarshi tumanidagi o‘rganishlari

Vohada  fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov kunning ikkichi yarmida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limida bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari tuman ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida kriminogen vaziyatni jilovlash maqsadida aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarining integratsiyasi, aloqa va transport vositalari shayligi, navbatchilar uchun yaratilgan dam olish, ovqatlanish va maxsus vositalar saqlanadigan xonalarni va boshqa yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, bo‘lim boshlig‘iga bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berdi.

Tumandagi “Ravot” mahallasida bo‘lgan Vazir o‘rinbosari, genral-mayor Baxodir Mirzaraximov  mahalla yettiligi bilan suhbatlashdi. Jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash tshlarini yanada kuchaytirish maqsadida mahallada o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarini integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, “yashil” toifaga mansub  mahallada huquqbuzarliklarni erta aniqlash, notinch oilalardagi vaziyatni o‘rganib, muammolarini hal etish,  “Ijtimoiy profilaktika” tadbiri doirasida muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik ishlarni muntazam amalga oshirish, bu toifa shaxslarni va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida yettilikka tavsiya va yo‘riqnomalar berdi.

Qarshi tumanidagi 52-maktabda bo‘lgan general-mayor Baxodir Mirzaraximov maktabda  o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, dars mashg‘ulotlari o‘tilishi, “Davomat” tadbiri bo‘yicha amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishib, mas’ul mutasaddilarga kelgusida ta’lim sifatini amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Vazir o‘rinbosarining viloyat bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech