7 Sentyabr 2023 yil 3004

Vazir o‘rinbosarining Qashqadaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy - ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi o‘rganishlari davomida bugun Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida bo‘ldi.

Dastlab, Vazir o‘rinbosari Chiroqchi tumanidagi Mustaqillik mahallasida yangi bunyod etilgan huquq tartibot maskanining ochilish tadbirida ishtirok etib, “Mahalla huquq-tartibot maskani”da onlayn sud majlisi o‘tkaziladigan, videokonferensaloqa seansini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, yig‘ilish zali, jamoatchilik vakillariga mo‘ljallangan xonalarni o‘z ichiga olgan maskan faoliyati, tuman Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limining pultxonasi ishlash tizimi, aholi xonadonlari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga o‘rnatilgan tashvish signallari ish usuli taqdimoti bilan tanishdi.

 Shundan so‘ng, Mustaqillik mahallasi beshligi ishtirokida  kriminogen vaziyatni jilovlash,  jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar hamda  “ijtimoiy profilaktika” tizimining samaradorligini oshirish borasida “fuqarobay”, “mahallabay” ishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni atroflicha tahlil etdi. Muloqot davomida “qizil” toifadagi mahallalarda yoshlar va ayollarning muammolarini aniqlash va hal qilish, fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalar beshligiga yo‘riqnomalar berdi.

Tadbirda o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, korrupsiya holatini oldini olishga o‘z hissasini qo‘shib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan ikki nafar profilaktika inspektorlariga hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Chiroqchi tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori, kapitan Jasur Jumayevning xizmat uyida bo‘lib, yashash uchun oilaviy shart-sharoiti, davlat ramzlari o‘rnatilganligi, hovlidagi obodonchilik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tuman ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, ma’muriy binoda xodimlar va aholiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, hududni obodonlashtirish, xizmat xonalarini axborot texnologiyalari bilan jihozlanishi, fuqarolar qabuli uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning intellektual salohiyati, kasbiy mahoratini yuksaltirish, “xodimbay” ishlash davomida shaxsiy tarkibning oilaviy va boshqa muammolarini o‘rganib, uchrayotgan muammolarini bartaraf etish xususida tegishli tavsiyalar berdi. 

Vohaning kenja tumanlaridan biri - Ko‘kdalada bo‘lgan ishchi guruh yangi qurilayotgan ichki ishlar bo‘limi binosini ko‘zdan kechirdi. Bunyod etilayotgan binoda ichki ishlar organlari xodimlariga yanada qulaylik yaratish borasida quruvchilar bilan muloqotda bo‘ldi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yaqinda qurilib, foydalanishga topshirilgan Ko‘kdala tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim  maskanda bolajonlarni tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

3-sektor shtabida Ko‘kdala tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarlik hamda jinoyatlarn oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish hamda bunga imkon bergan shart-sharoitlarni asl sabablari, unga turtki bo‘lgan omillar, mavjud kamchiliklar birma bir tahlil qildi va shaxsiy tarkib qonunchilik, xizmat intizomiga rioya etishi, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, burchiga sadoqat shiori asosida xizmat qilish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.  

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhning Qashqadaryo viloyati bo‘ylab  o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech