13 Fevral 2024 yil 510

Vazir oʼrinbosari jazoni ijro etish muassasalarida boʼldi

Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIED 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 3- va 10-sonli JIEKda olib borgan oʼrganishlari davomida koloniyada xizmat oʼtayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar, ruhiy holati va shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bunda, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat oʼtashi, tartib-qoida va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinishini koʼzdan kechirib, masʼul shaxslarga tegishli koʼrsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir oʼrinbosari har ikkala jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʼrganib, eʼtibor qaratish lozim boʼlgan holatlarni masʼullarga tushuntirdi. Ushbu jarayonda shaxsiy tarkib qonunchilik, xizmat intizomiga rioya etishi, mahkumlar bilan xushmuomalada boʼlish, burchiga sadoqat shiori asosida xizmat qilish lozimligini borasida masʼullarga alohida yoʼriqnoma berdi.

Har ikkala jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar bilan suhbatlashib, ularga jinoyatining mohiyati va huquqiy oqibatlarini tushuntirdi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, turkum yotoqxonalaridagi sanitariya holati hamda boshqa maishiy xizmat koʼrsatish xonalarining holati koʼzdan kechirilib, aniqlangan holatlar boʼyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Vazir oʼrinbosarining Qashqadaryo viloyati boʼylab oʼrganishlari davom etmoqda.

Text to speech