Vazir oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Transportda XTBda boʼldi
Ichki
ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo
viloyati Transportda jamoat tartibini saqlash boshqarmasida boʼlib,shaxsiy
tarkib bilan saf koʼrigi oʼtkazdi. Tizim xodimlari faoliyati, jangovar-ruhiy
holatini oʼrganib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar
borasida yoʼriqnoma oʼtdi.
Soʼngra,
shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar, binoda sanitariya-gigiena qoidalariga
rioya qilinishi koʼzdan kechirilib, masʼul shaxslarga tegishli koʼrsatma va
tavsiyalar berildi.
Xuddi
shuningdek, Qarshi markaziy shohbekatida boʼlib, yoʼlovchilarni kutib olish va
kuzatish jarayonlari, ularga xizmat koʼrsatish borasida yaratilgan qulayliklarni
koʼzdan kechirdi.
Vazir
oʼrinbosarining oʼrganishlar davom etmoqda.