28 Yanvar 2025 yil 526

Vazir oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyatida o‘rganishlarni boshladi

Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasida boʼlib,shaxsiy tarkib bilan saf koʼrigi oʼtkazdi. Tizim xodimlari faoliyati, jangovar-ruhiy holatini oʼrganib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar borasida yoʼriqnoma oʼtdi.

Soʼngra, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar, boshqarma navbatchilik qismida bo‘lib, masʼul shaxslarga tegishli koʼrsatma va tavsiyalar berdi.

Xuddi shuningdek, Qarshi markaziy shohbekatida boʼlib, yoʼlovchilarni kutib olish va kuzatish jarayonlari, ularga xizmat koʼrsatish borasida ishchi-xizmatchilarga ko‘rsatmalar berdi.

Shohbekatda yo‘lovchilar va poyezdlarning xafsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berdi.

Vazir oʼrinbosarining oʼrganishlar davom etmoqda.

Text to speech