13 Fevral 2024 yil 460

Vazir oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov IIVga qarashli harbiy qismda boʼldi

Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʼlgan Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov bugun vazirlik Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda boʼldi.

Dastlab kechki xizmatga otlangan harbiylarga xizmat oldi yoʼriqnoma berdi. Soʼngra, harbiy qismda xizmatchilarning faoliyati, jangovar-ruhiy holatini oʼrganib, bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar borasida teishli tavsiyalar berdi.

Soʼngra, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar, binoda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinishi koʼzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida koʼrsatmalar berildi.

Qashqadaryo viloyatida Vazir oʼrinbosarining oʼrganishlar davom etmoqda.

Text to speech