30 Noyabr 2024 yil 240

VAZIR O‘RINBOSARI, GENERAL-MAYOR BEKMUROD ABDULLAYEV QASHQADARYODA O‘RGANISHLAR OLIB BORDI

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyatida kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rgandi. 

Qarshi davlat universiteti talabalar manitoring markazida bo‘lgan Vazir o‘rinbosari oliygoh hududida jamoat tartibini saqlash, qonunbuzarliklarni oldini olish uchun amalga oshirilgan ishlar, o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ish jarayoni bilan tanishdi. Universitet mutasaddilariga osoyishtalikni ta’minlashda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berdi. 

Viloyat IIB Tezkor boshqaruv markazida bo‘lgan Vazir o‘rinbosariga shaharda o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining qoidabuzarlik va jinoyatlarni aniqlash va oldini olish borasidagi imkoniyatlari bo‘yicha axborot berildi. Jarayonda markazga integratsiya qilingan kameralar orqali aniqlanayotgan qonunbuzarlik holatlari tahlil etildi.  Taqdimotda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida aqlli svetafor va piyodalar yo‘lakchasi yashil yo‘lak o‘rnatish bo‘yicha taqdimot namoyish etildi. 

Amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan Vazir o‘rinbosari ichki ishlar organlari rahbarlari va sohaviy xizmatlar boshliqlariga kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi. 

O‘rganishlar davomida Qamashi tumani va Shahrisabz shahar kriminogen vaziyat va ichki ishlar bo‘limida vaqtincha saqlash xibsxonalari bilan tanishgan Vazir o‘rinbosari rahbarlarga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘riqnoma va tavsiyalar berdi. 

 “Yashil makon” loyihasi doirasida Qamashi tuman IIB hovlisiga ko‘chat ekdi.

Text to speech