28 Fevral 2023 yil 206

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan vazirlik tasarrufidagi organlar, harbiy qism va muassasalar faoliyatini yaqindan o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-sonli harbiy qismda bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jangovar-ruhiy holati va shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bunda, harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashi hamda dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy qism yotoqxonasi va oshxonasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi ko‘zdan kechirilib, mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir o‘rinbosari o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili bilan tanishib, xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka amal qilish yuzasidan alohida yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Shu kuni Respublika idoralararo ishchi guruhi tarkibidagi mas’ullar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi 2-3-sonli jazoni ijro etish koloniyalarida ham bo‘lib, bunda muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga yaratilgan sharoitlar. Koloniya ishlab chiqarish korxonasiga kirib tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini sifati o‘rganildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, turkum yotoqxonalari, oziq-ovqatlarni saqlash omborxonasi hamda boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan suhbatlashib, ularning muammolari o‘rganildi.

Text to speech