25 Yanvar 2023 yil 221

Vazir o‘rinbosari Qamashi tumanidagi  ta’lim muassasalari isitish tizimini o‘rgandi

Bugun Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov Qamashi tumanidagi  “Qorabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 3- va 47 sonli, “Loyqasoy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 80- va 68-sonli Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, sinfxonalarining isitilishi, maktablardagi ko‘mir zahiralarini o‘rgandi.

Maktablarda o‘quv jarayonlarini tashkil etish, kuz-qish mavsumiga yetarli ko‘mir zahirasi  mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda, mas’ullarga energo-resurslardan isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda, maqsadli foydalanish, o‘quv xonalarini issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Markaziy isitish tizimi yo‘q maktablarning sinfxonalarida bo‘lib, muqobil isitish tizimini o‘rnatish, xonalardagi haroratni talab darajasida ushlab turish uchun mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tumandagi tezkor shtab rahbarlariga mahalla fuqarolar yig‘inlariga ko‘mirni olib borib yarmarka tarzida sotishni yo‘lga quyish, ijtimoiy soha obyektlari, ko‘chalarni yaxmalakdan tozalash bo‘yicha ham ma’sullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari  davom etmoqda.

Text to speech