16 Yanvar 2023 yil 265

Vazir o‘rinbosari Mirishkor va Kasbi tumanlarida bo‘lib, fuqarolarning muammolarini o‘rgandi

Qashqadaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov bugun Mirishkor tumanida bo‘lib, “xonadonbay” va “fuqarobay” o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Vazir o‘rinbosari o‘rganish doirasida Mirishkor tumani “Shodlik” MFYda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori, leytenant I.Ochilovning xizmat uyiga borib, uyning istish tizimi va yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Shuningdek, profilaktika inspektorining “Shodlik” MFYda joylashgan xizmat xonasida bo‘lib, mahalla idorasining isitish tizimi, aholiga elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va ko‘mir mahsulotini yetkazib berish, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti va narx-navosi, ko‘rsatilayotgan boshqa kommunal hamda maishiy ishlar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi. Aholining har bir murojaatini zudlik bilan tegishli idoralarni jalb etgan holda hal etishlik yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mirishkor tuman “Shodlik” MFYda yashovchi fuqaro Shoxsanam Bozorovaning yashash xonadoniga borib, ushbu oilaning yashash sharoitlari, xonadonda isitish tizimidagi kamchiliklar o‘rganilib, bartaraf etildi hamda tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaro Sh.Bozorova oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.
O‘rganishlar jarayonida, ushbu mahallada yashovchi fuqaro Shavkat Qurbonovning yashash uyiga borib yashash sharoitlari o‘rganildi.
Vazir o‘rinbosari bilan suhbat davomida ushbu fuqaro davolanishga muhtojligini bildirdi va davlat tomonidan davolanish uchun unga yo‘llanma olib berish uchun tuman hokimiga topshiriqlar berildi. Fuqaro Sh.Qurbonov tuman shifoxonasiga davolanish uchun joylashtirildi.
Mirishkor tumani “Oqmachit” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lgan ishchi guruh rahbari u yerda tuman hokimining yordamchisi, mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ro‘yxatga olib, aholining kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, nogiron oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu kuni Kasbi tumanida bo‘lgan Vazir o‘rinbosari tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, birlashmasining Tug‘ruq bo‘limi, Kardiologiya va Jonlantirish bo‘limlari, bo‘limlarda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar jarayonida shifoxona bemorlari yotgan xonalardagi issiqlik talab darajasida emasligi bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Tuman hokimi va Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga shifoxonada doimiy ravishda issiqlikni talab darajasida ta’minlanishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.
So‘ngra, Kasbi tuman “Qoratepa” MFY binosiga tashrif buyurildi. Mahalla idorasi xonalarida issiqlik yo‘qligi, shuningdek MFY raisi tomonidan noqulay ob-havo sharoitida aholi muammolarini aniqlash va ularni o‘rganish bo‘yicha ish tashkil qilinmaganligiga e’tiroz bildirilib, noqulay ob-havo sharoitida aholida mavjud muammolarni aniqlash va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahallada ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Kasbi tuman “Qoratepa” MFY profilaktika inspektori kapitan Anvar Innatillayevning xizmat xonasi va xizmat uyiga tashrif buyurilib, xizmat xonasi va xizmat faoliyati o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shu mahallada yashovchi yashovchi fuqaro D.Qilichovaning yashash xonadonida bo‘lgan Vazir o‘rinbosari xonadon bekasi bilan suhbat davomida suyultirilgan gazni har oyda olayotgani, elektr energiyasi meyorda ekanligini bildirdi.
Vazir o‘rinbosarining taklifi bilan xonadon bekasi D.Qilichovaga ko‘mir mahsuloti bir dona televizor yetkazib berish bo‘yicha tuman hokimiga topshiriq berilib, ijrosi ta’minlandi.
Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech