20 Yanvar 2023 yil 231

Vazir o‘rinbosari “Ipak yo‘li” mahallasida bo‘ldi

2023 yil 19 yanvar kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov Shahrisabz shahar, “Ipak yo‘li” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi va profilaktika inspektori bilan qish mavsumida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida suhbatlashdi. So‘ngra, Vazir o‘rinbosari mahallaning Ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi fuqarolar Z.Fayzullayeva, Sh.Mirzayev xonadoniga tashrif buyurdi. Bu tashrifni xonadon sohiblari kutishmaganini bildirdi.

Suhbat davomida  Sh.Mirzayevning onasi G.Meylikova betobligi bildirganda Vazir o‘rinbosari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga sog‘ligini o‘rganish va amaliy yordam berishni tavsiya etdi.

Shu mahallada yashovchi yana bir guruh fuqarolar respublika va viloyat sektori hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Shundan so‘ng Shahrisabz shahar, “Ipak yo‘li” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldi va yo‘laklariga tuz va qum aralashmalari sepilib, muzlamalardan tozalash topshirig‘i berildi.

Shahrisabz shahar “Kesh” MFYda joylashgan “Yangi kesh” dehqon bozoriga tashrif buyurgan respublika ishchi guruhi bozordagi oziq-ovqat narxlari, omborga jamlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlari zahirasini o‘rganib, doimiy ravishda savdo yarmarkalari tashkil etish to‘g‘risida bozor ma’muriyatiga topshiriq va tavsiyalar berdi.

Text to speech