9 Yanvar 2023 yil 214

Vazir o‘rinbosari Chiroqchi  tumanida bo‘lib, ijtimoiy soha va kommunal tizim faoliyatini o‘rgandi

Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining shahar-tumanlarida fuqarolarning ijtimoiy va maishiy muammolarini o‘rganish hamda bartaraf etish, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari Chiroqchi tumanida bo‘ldi.  Vazir o‘rinbosari, dastlab, Chiroqchi tuman IIBda bo‘lib, tashkil etilgan tezkor shtab faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida tezkor shtabda kunu tun navbatchilik tashkil etilgani, aholini elektr energiyasi va tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashning ahvoli tahlil etilib, fuqarolarni murojaatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish to‘g‘risida Vazir o‘rinbosari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasi shifoxonasi holati ko‘zdan kechirilib, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib shifoxonaning issiqlik tizimi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shifoxonaning elektr tam’minoti, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorning holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Mamlakatmizga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi mutasaddilardan qish mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni taqazo etadi. Shu bois IIV ishchi guruhi tuman “Ko‘mirta’minot” MCHJ omborini ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tumanda ko‘mir zahirasini ko‘paytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish, Chiroqchi tuman “Bog‘ishamol” MFYda joylashgan dexqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarini narx-navosi, mahsulotlar sifati o‘rganilib, bozor rahbariyatiga tozalik va sanitariya holatlarini meyorga keltirish  bo‘yicha topshiriqlar berildi.

IIV Ishchi guruhining viloyatdagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech