25 Aprel 2024 yil 403

Vazifa - xodimlar salomatligini mustahkamlash

Ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va ularning oila a’zolarini salomatligini tiklash borasida  IIV Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi davolash profilaktika va tibbiy muassasalar shifokorlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, biriktirilgan tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni yanada yaxshilash, davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida o‘tkazilayotgan profilaktik tibbiy ko‘rik samaradorligini oshirish, kasalliklarni yashirin davrlarda erta aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida IIV Markaziy gospitali, Markaziy poliklinikasi va Vazirlik “O‘zbekiston” sanatoriysining malakali mutaxassis shifokorlari Qashqadaryo viloyatida uch kunlik chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni boshlashdi.

Kardiolog, nevrolog, endokrinolog, urolog, travmotolog, gastroentorlog shifokorlari zamonaviy rentgen, EKG va O‘ZI diagnostikasi apparatlari yordamida viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan shaxsiy tarkibi, pensionerlari va ularning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarga aniq tashhislar qo‘yib, ambulator va statsionar davo muolajalari tavsiya etilmoqda.

 

Text to speech