11 Avgust 2022 yil 289

Vatanparvarlik - sharafli va muqaddas tuyg‘u

    Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi va unda keltirilgan bandlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlarining  kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda shahar-tuman IIBlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari videoselektor orqali qatnashdi. 

   Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” talablaridan kelib chiqib, e’lon qilingan oylikda ichki ishlar organlari xodimlarini Vatanga, burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurt himoyasi sharafli va muqaddas ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniy obidalarni o‘rganish bosh maqsad etib belgilangani va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

   Xususan, har bir shahar-tuman IIBlar tarixiga oid kitob-albom yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etib, tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

   Viloyat Ichki ishlar organlarida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bir qator ma’rifiy va ma’naviy, shu bilan birga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlar ham tahlil etilib, xato va kamchiliklar  muhokama qilindi.

   Ichki ishlar organlari xodimlariga faoliyat davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi illatlarga qarshi keskin kurashish, xalq xizmati oliy sharaf ekanligini anglagan holda xizmat olib borish lozimligini tushuntirish vazifasi yuklandi.

Text to speech