10 Avgust 2022 yil 204

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev Chiroqchi tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyati IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi doirasida bir qator ma’rifiy va ma’naviy tadbirlar, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida turli tadbirlar uyushtirilmoqda.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev Chiroqchi tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ko‘lami keng tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan oylikda ichki ishlar organlari xodimlarini Vatanga, burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurt himoyasi sharafli va muqaddas ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniy obidalarni o‘rganish bosh maqsad etib belgilangani ta’kidlandi.

Ushbu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka to‘liq rioya etishi, faoliyat davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi illatlarga qarshi keskin kurashish, xalq xizmati oliy sharaf ekanligini anglagan holda xizmat qilishi lozimligi tushuntirildi. 

Ko‘lami keng tadbir davom etmoqda.

Text to speech