26 Dekabr 2020 yil 1634

Vatanparvarlik oyligi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrь kunidagi PF-5614- sonli Farmoyishi, 2020 yil 18 dekabrdan 2021 yil 18 yanvarь kuniga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazishga bagʼishlangan “Vatanparvarlik oyligi”ni oʼtkazish boʼyicha tadbirlar dasturiga muvofiq, IIV Qashqadaryo akademik litseyida qoʼyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning 23-dekabrь kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyining bir guruh oʼquvchilari Qarshi shahrida joylashgan 521-safarbarlik chaqiruvi rezervi harbiy qismida boʼlib oʼtgan "Ochik eshiklar" kuniga ishtirok etib, harbiy qismdagi zamonaviy maxsus texnika hamda harbiy xizmatchilari tomonidan yaratilgan innovatsion qurilmalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, joriy yilinnig 24 dekabrь kuni “Vatanparvar oyligi” doirasida Qarshi shahrida joylashgan Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʼshinlari 7256-sonli harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlariga akademik litsey 1 kurs oʼquvchilaridan 50 nafari ekskursiyaga olib borildi.
“Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan akademik litseyi tomonidan bir guruh oʼquvchilari Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmatidagi xizmat itlari Pitomnigiga ekskursiya tashkil etilib, xizmat itlari pitomnigidagi kinologlar va xizmat itlarining faoliyati, u yerdagi shart-sharoitlar hamda xizmat itlarining xizmat oʼtash tartiblari bilan tanishtirildi.

Text to speech